HitParad
Setora – Popuri
Трек

Setora – Popuri

О треке:
Длительность: 09:46Формат: MP3Качество: 192 kb/sРазмер: 13.4 MB
Текст песни
Sog'inchdan to'lib qalbim
Surating yonida jim
To'kilar qayg'u yoshim
Seni eslab doim
Sevgimiz og'ushida sevinchga to'lardi dil
Bu kunlar tugamasdek ko'rinardi menga

Jaranglaydi kulgularing nigohlaring ko'z o'ngimda
Sening ruhing yashar mangu baribir men uchun

Borsan, hayotimda borsan
Yuragimda doim sen yasharsan
Borsan, hayotimda borsan
Yuragimda doim sen yasharsan

Kel, sensiz kulrang quyoshim
Kel, sog'inchga yo'q bardoshim
Kel, qolmadi ko'zda yoshim kel
Kel, senga so'zim ko'p aytar Kel
Yuragim yiring ortar Kel
Meni hayotga qaytar kel

Ayirmagin meni, ayirmagin
Yolg'iz sen o'zingdan ayirmagin
Cheksiz qayg'uga to'ldirma meni
Shirin so'zingdan ayirmagin meni

Ayirmagin meni, ayirmagin
Yolg'iz sen o'zingdan ayirmagin
Cheksiz qayg'uga to'ldirma meni
Shirin so'zingdan ayirmagin meni

Aytolmasman hech ko'zlaringga
Bilsang edi, bor sevgim o'zga
Xayol degani sen uchun menman
Aytolmasman, aytolmasman

Aytolmasman hech ko'zlaringga
Bilsang edi, bor sevgim o'zga
Xayol degani sen uchun menman
Aytolmasman, aytolmasman

Tashqari chiqqaningda eshik ochib
Boshginangda tursa quyosh nur sochib
Bir tabbasum qilar bo'lsa o'zga janon
O'ylamasdan yo'l solmagin sen u tomon

Yo'llaringda zoring, dilginangda boring
Jona-jonim o'zimdirman vafodoring
Yo'llaringda zoring, dilginangda boring
Jona-jonim o'zimdirman vafodoring
Jona-jonim o'zimdirman vafodoring

Dovonlar osha o'zib
G'animlar kelar to'zib
Qilichdan o'tib har jon
Ariqlardan oqdi qon

Tinch yering bo'ldi vayron
Yovlarga to'ldi har yon

Tinchlik bermadi senga
Xalqning ohu-fig'oni
Qaddingni bukmay bording
Elimning mard o'g'loni

Kurashding g'anim bilan
Chiqquncha qora joni
Olishding g'anim bilan
Chiqquncha qora joni

Bor, begunoh xalqing faryodi
Azobli go'dak nolasi
Bor, sen uchun qalqon bo'lguvchi
Zabardast farzandlaring bor

Bor, ona tuprog'ing bag'rida
Asrlar uzra beg'ubor
Ajdodlar ruhi madadkor
Zafar senga bo'ldi yor

Bor, begunoh xalqing faryodi
Azobli go'dak nolasi
Bor, sen uchun qalqon bo'lguvchi
Zabardast farzandlaring bor

Bor, ona tuprog'ing bag'rida
Asrlar uzra beg'ubor
Ajdodlar ruhi madadkor
Zafar senga bo'ldi yor
Треки исполнителя
Похожие треки